Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaning beqarorlashtiruvchi harakatlari Ukraina iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda»
Foto: AP
Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskisning Yevroparlamentdagi eshituvlarda ma'lum qilishicha, Ukrainaga makromoliyaviy yordam taqdim etishda mamlakatda korrupsiya bilan kurash majburiy shart sanaladi.
«Korrupsiya bilan kurash o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumda siyosiy shartlar markazida bo‘ladi, u Yevroittifoq va Ukraina o‘rtasida bu moliyaviy yordam uchun muvofiqlashtirilishi kerak», - dedi Dombrovskis.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi iqtisodiy vaziyat hamon «nozik» bo‘lib turibdi, ammo asta-sekin tiklanmoqda. Shuningdek, Dombrovskis Rossiyaning Ukraina sharqidagi «beqarorlashtiruvchi harakatlari» iqtisodiy holatga zarar yetkazayotganini ta'kidlagan.
«Ukrainaga qisqa muddatlar ichida makromoliyaviy yordam dasturini ishga tushirish muhim», - deya xulosa qildi YeK vitse-prezidenti.
Dombrovskisning qayd etishicha, Yevropa davlatlari Ukrainaga iqtisodiyotni tiklashda «muvaffaqiyatsizlikka uchrashga» imkon bermaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik deputat Rossiyani qanday qilib mag‘lub etish mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
09:43 / 15.04.2026