Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya quroli bilan bog‘liq barcha bitimlarni kuzatib borishga qaror qildi
Foto: Reuters
AQSh Davlat departamenti Rossiya qurol-yarog‘i bilan bog‘liq bitimlarni kuzatib borish bo‘yicha ishni o‘z bo‘yniga oladigan pudratchini topish haqida qaror qabul qildi. Tanlov shartlari haqidagi ma'lumot davlat grantlari rasmiy portalida paydo bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, kelishuvlarni kuzatib borish bo‘yicha shartnoma bir yilga imzolanadi. Tanlovda ta'lim muassasalari, tijorat va notijorat tashkilotlari ishtirok etishi mumkin, ularning xizmatlari qiymati 500 ming dollardan oshmasligi lozim.
Aniqlik kiritilishicha, pudratchi Rossiya quroli bilan aloqador bo‘lgan bitimlar hamda tranzaksiyalarni rus, arab, xitoy, forsiy, urdu, ingliz va boshqa tillardagi ochiq manbalardan kuzatib boradi hamda Davlat departamenti uchun hisobot tayyorlaydi. Bu ma'lumotdan sanksiyalarni joriy etish haqida qaror qabul qilish vaqtida foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh kiberqo‘mondonligi strategiyasi o‘zgargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
17:15 / 07.03.2026