Pentagon kibernetik qömondonlikka kiberhujumlardan himoyalaniş uçun ança «tajovuzkor» yondaşuvdan foydalaniş imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda New York Times manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, avvalroq kiberqömondonlik köproq mudofaa strategiyasi tarafdori bölgan bölib, xakerlar internetning Amerika segmentiga «bostirib kirgaç», hujumlarga reaksiya bildirgan.

Biroq, Pentagon şu yildan mahkamaga kiberhujumlarning oldini oliş maqsadida xorijiy tarmoqlarga «deyarli har kunlik reydlarni» amalga oşiriş imkoniyatini berdi. 

Qayd etilişiça, strategiyadagi özgarişlar qanday oqibatlarga olib kelişi noma'lum. Xususan, bu Rossiya, Xitoy va Şimoliy Koreya bilan munosabatlarda keskinlikni yuzaga keltirişi ham mumkin. 

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ hukumati amerikaliklarga Qrim böyiça ogohlantiriş bilan çiqqandi.