Samsung rusumidagi telefon foydalanuvçilari sönggi paytda mobil qurilmaning ğayrioddiy funksiyasidan şubhalanmoqda. Gap şundaki, telefon apparati faol bölganda, xotirasida saqlanib qolgan istalgan kişiga yozuvli xabar yubormoqda. 

Foydalanuvçilarning ilk şikoyati Gizmodo saytida paydo bölgandi. Keyinçalik, kompaniyaning rasmiy forumida ham şunday şikoyatlar paydo böldi. 

Reddit saytida izoh qoldirgan foydalanuvçining iddao qilişiça, telefon xotirasida bölgan barça suratlarni döstiga ruxsatsiz yuborgan. 

Samsung rasmiy vakili The Verge naşriga intervyu berib, muammo Samsung  Messages ilovasi bilan yuz berayotganini tan olgan. Vakilning aytişiça, kompaniya texniklari Galaxy S9 va S9+ modellarini közdan keçirib, muammolarni aniqlagan.