Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyaning eng yirik nashri Putin va Trampga ochiq xat e'lon qildi
Foto: ©RIA Novosti/Mixail Klimentev
Finlyandiyaning eng yirik nashri hisoblanmish Helsingin Sanomat gazetasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampga ularning Xelsinkidagi uchrashuvlari arafasida ochiq xat e'lon qildi. U nashr sahifalarida uchta: fin, rus va ingliz tillarida chop etildi.
«Yuqori darajada o‘tkaziladigan uchrashuv Finlyandiya xalqining yodiga o‘tgan yillardagi ana shunday uchrashuvlarni soladi, — deb yozadi jurnalistlar va Xelsinkidagi uchrashuvlar yakunida davlatlar rahbarlarining yuzlarida tabassum paydo bo‘lganini qayd etishadi. — Bu holatning o‘z nomi ham bor: «Xelsinki ruhi».
Unda voqeaning muhimligi ta'kidlanadi, mualliflarning fikricha, Rossiya va AQSh munosabatlarining «doimiy beqarorligi»dan hech kim yutmaydi.
Jurnalistlar davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlari haqida oldindan biror narsa aytish qiyin deb hisoblashadi. Shu bilan birga ular prezidentlar «Yevropa masalalarini yevropaliklarning ishtirokisiz hal qilmasliklari»ga umid qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va AQSh rahbarlarining uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
14:45 / 01.01.2026