Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp hukumatni tarqatib yuborish bilan tahdid qilmoqda
Foto: AFP 2018 / Brendan Smialowski
AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni federal hukumatni tarqatib yuborish mumkinligini eslatib o‘tdi. Uning aytishicha, «Demokratlar» partiyasi prezident ma'muriyati istaganidek immigratsiya qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlamasa, u hukumatni tarqatib yuboradi.
«Agar Dempartiya devor qurishni nazarda tutuvchi chegara xavfsizligi loyihasiga ovoz bermasa, hukumatni tarqatib yuboraman. Lotereya, ushlab, qo‘yib yuborish kabi migratsion masalalarga barham berishimiz kerak. Bizga buyuk insonlar mamlakatga kirib kelishi zarur», deydi prezident Tvitter sahifasida.
Bundan avvalroq, Donald Tramp migrantlarning farzandlari chegarada oilasidan ajratib qo‘yilishini izohlar ekan, Amerikaning bu sohadagi qonunlarini «dunyoda eng ahmoqona» deb atadi. U Dempartiyaning faoliyatiga nazar tashlab, shunday degandi: «Demokratlar qilayotgan yagona narsa - «qarshilik ko‘rsatish», bu ularning saylovoldi shiori sanaladi».
Mavzuga oid
23:08 / 29.01.2026
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
20:27 / 29.01.2026
AQSh Eronga hujum qilmoqchi: Amerikaning motivlari va shartlari nimalar?
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13 / 29.01.2026