Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan muloqot uchun ochiq ekanligini bildirdi
Foto: REUTERS
Xitoy har qanday bahs va kelishmovchiliklarni xalqaro mexanizmlarga mos keluvchi huquqiy doirada hal etish tarafdori, Pekin savdo nizolari bo‘yicha Vashington bilan muloqotga ochiq, ammo bu o‘zaro hurmat va adolatga asoslangan bo‘lishi lozim, dedi XXR tashqi ishlar vaziri Van I.
"Biz joriy yilda AQSh bilan savdoga oid kelishmovchiliklar bo‘yicha bir necha marta muzokaralar o‘tkazdik va murosaga erishdik, afsuski AQSh o‘z va'da va majburiyatlarini bajarmadi. Islohotlar siyosati va ochiqlik Xitoyning asosiy tamoyili bo‘lib qoladi, Pekin har doim muloqotga tayyor, ammo u o‘zaro hurmat va adolatga asoslanishi lozim", — dedi u britaniyalik hamkasbi Jyeremi Xant bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida.
U "Xitoy va AQSh o‘rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklar tashabbuskori Vashington ekanligini" va savdo urushi uchun javobgarlik to‘laligicha AQSh zimmasida ekanligini ta'kidladi.
U AQSh nafaqat xalqaro me'yorlar, balki o‘z va'dalarini ham buzayotganini, bu "bir tomonlama harakatlar va savdodagi xo‘jayinlikning yorqin namunasi ekanligini hamda qabul qilib bo‘lmaydigan holat" ekanligini qayd etdi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026