Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablar hududini tasarruf etish vakolatini Xalq ta'limi vazirligiga o‘tkazish taklif etildi
Foto: fondkarimov
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktablar hududini tasarruf etish vakolatini mahalliy hokimliklardan Xalq ta'limi vazirligiga o‘tkazish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, maktablar hududini tasarruf etishni mahalliy hokimiyatdan Xalq ta'limi vazirligiga o‘tkazish lozim. Shunda hozirga kunda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga va e'tirozga sabab bo‘layotgan muammolar o‘z yechimini topardi. Ya'ni, maktab hududida hech qanday uy yoki boshqa ta'lim sohasiga oid bo‘lmagan obektlar qurilmaydi. O‘quvchilarning sifatli ta'lim olishi, xavfsizligi va salomatligi ta'minlanadi.
“Maktablar hududini tasarruf etish vakolatini mahalliy hokimiyatdan Xalq ta'limi vazirligiga o‘tkazish maktablar faoliyatiga mahalliy hokimiyatning asossiz aralashuvlariga chek qo‘yadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Mavzuga oid
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025