Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo va Xitoy tashqi ishlar vaziri KXDRni muhokama qildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Koreya yarim orolining yadrosizlanish masalasini muhokama qildilar. Bu haqda Davlat departamentining saytida ma'lum qilindi.
«Pompeo AQSh va Xitoy o‘rtasidagi konstruktiv aloqalarni davom ettirish muhimligini ta'kidladi, u jiddiy natijalarga olib kelyapti», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, AQSh davlat kotibi KXDRning butunlay yadrosizlanishi tarafdori ekanligini yana bir alohida qayd etib o‘tgan.
Shu bilan birga, Pompeo va Van I ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlardagi ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I hech bir mamlakat Koreya yarim orolida urush qayta boshlanishini istamasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:56 / 16.06.2026
Xitoy elektromobillar uchun yangi qattiq xavfsizlik talablarini joriy etmoqda
12:18 / 15.06.2026
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisiga tabrik maktubi yo‘lladi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026