Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bir haftada 40dan ortiq kishi yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘ldi
O‘zbekistonda 30 iyuldan 5 avgustga qadar 160 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ushbu hodisalarda 44 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 86 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. Ularning 40 ming 400ga yaqinini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.
Jumladan, 1596 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan. 11916 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini, 1168 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini, 11827 nafar haydovchi odam tashish qoidasini, 254 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidasini buzganligi uchun ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, transport vositasining oynalarini me'yoridan ortiqcha qoraytirgan 679 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 908 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15416 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026