Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask olimlar bilan maxfiy ravishda Marsni egallash rejasini muhokama qildi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask va unga qarashli SpaceX korporatsiyasi vakillari yetakchi sayyorashunoslar bilan Marsni o‘zlashtirish rejasini muhokama qildi. Olimlardan mazkur muloqot tafsilotlarini oshkor qilmaslik so‘raldi, deb xabar berdi Space.com.
Xabar qilinishicha, Mask va uning yaqin yordamchilari Kolorado universitetida 60 nafar geolog, astrobiolog va kosmik muhandislar hamda NASA vakillari bilan uchrashishgan.
SpaceX va Kolorado universiteti vakillari Mask haqiqatan olimlar bilan uchrashishganini inkor etishmadi. Lekin uchrashuv tafsilotlarini ham oshkor qilishmadi.
2016 yil sentabrda SpaceX rahbari butun dunyoga Marsni o‘zlashtirish rejasini ma'lum qildi: u o‘ta og‘ir raketa va minglab ko‘p marta foydalaniladigan sayyoralararo kemalar qurishni rejalashtirmoqda. Bu kemalar yuz yillik oxiriga borib Qizil sayyoraga bir millionga yaqin kishini olib chiqadi.
Maskning fikricha, bundan asosiy maqsad Marsda o‘zini o‘zi ta'minlaydigan va yerdagidan qolishmaydigan million kishilik shahar yaratishdir.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026