Jahon | 07:51 / 08.08.2018
3413
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning MDHdagi doimiy vakili yaqin vaqt ichida o‘z lavozimini tark etadi

Foto: cis.minsk.by

Yaqinda Rossiyaning MDHdagi doimiy vakili Andrey Shvedov o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda uning o‘zi «Izvestiya»ga bergan intervyusida aytdi.

«Men tashkilotning ijroiya qo‘mitasida va MDHdagi boshqa mamlakatlarning vakillari bilan xayrlashuv tadbirlarini o‘tkazdim. So‘nggi oy, xuddi boshqalar aytganidek, men past startda turibman», - deya ma'lum qildi Shvedov. 

Uning ta'kidlashicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ishlashni davom ettirishi va MDH bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanishiga umid qilmoqda. Andrey Shvedovning o‘rniga, katta ehtimol bilan, RF TIVning MDH davlatlari birinchi departamenti direktori o‘rinbosari Andrey Grozov tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston MDH doirasida xizmatlar bo‘yicha erkin savdo hududi bitimi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid