Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murojaatga e'tibor: Andijon «Jahon bozori»ga zamonaviy biotualetlar o‘rnatilmoqda
6 avgust kuni «Kun.uz» saytida «Andijon «Jahon bozori»ga «SES» borib turarmikan?..» sarlavhada maqola berilgan edi. Unda «Andijon Jahon savdo kompleksi» AJ hududida sanitariya holati yomon ahvolda ekani, bozordagi kamchiliklar fotolavhalar orqali ko‘rsatilgandi.

Mazkur maqoladan so‘ng Andijon «Jahon savdo kompleksi» AJ tomonidan qayd etilgan muammoli holat va kamchiliklarni bartaraf etish uchun tez kunlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Hududdagi barcha umumiy ovqatlanish shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi obektlar, hojatxonalarda ta'mirlash, tozalash va sanitariya holatini yaxshilash borasida muayyan ishlar olib borildi.

Aholi va savdo xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida bozor hududiga 6ta suv yetkazish tizimi ishga tushirilmoqda. Bozor o‘rtasidan o‘tgan zovur chiqindilardan tozalandi.

Maqola e'lon qilingan kundan uch kun o‘tib, 9 avgust kuni Andijon «Jahon savdo kompleksi» AJ ma'muriyati 5ta zamonaviy biotualet olib keldi.



«Mazkur biotuletlarni bozorning aholi uchun eng qulay bo‘lgan joylariga o‘rnatyapmiz. Ayni paytda bozor hududida bir qator qurilish va obodonlashtirish ishlari loyiha asosida olib borilmoqda. Tahliliy maqolada ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilgan holda aholi uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Bozor hududida tadbirkor va xaridorlarga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi obektlar, hojatxona egalari bilan suhbat o‘tkazib, ularga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yaqin kunlarda bozorimizda butunlay yangi ko‘rinishdagi do‘konlar paydo bo‘ladi. Maqsadimiz bozorga butun vodiydan keluvchi aholiga ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatish», deydi bozor rahbari Foziljon Mirzayev.
Yaqin kunlarda bozorga yana 6ta ana shunday biotualet keltirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
09:58 / 23.05.2026