Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daryoda cho‘milayotgan o‘smirni timsoh g‘ajib tashladi
Zimbabveda timsoh daryoda cho‘milayotgan o‘smirni g‘ajib tashladi. Bu haqda mahalliy The Herald nashri xabar berdi.
Voqea Midlends viloyatidagi Torvud qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Timsoh hujum qilgan paytda 14 yoshli Ali Firi Kvekve daryosida uch do‘sti bilan cho‘milayotgan bo‘lgan. Do‘stlaridan biri unga yordam berishga shoshilgan, qolgan ikkitasi esa odamlarni yordamga chaqirgani chopishgan. Yordamga yetib kelgan kattalar Firini timsoh og‘zidan tortib olish uchun daryoga o‘zlarini otishgan, ammo kech bo‘lgandi.
Taxminlarga ko‘ra, Kvekve daryosida oltita timsoh yashaydi, ular keyingi yillarda kamida olti kishining umriga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2026
Katta Farg‘ona kanalida timsohlar yurgani rad etildi
11:04 / 04.09.2025
“O‘z qurbonlarini timsohga yedirgan” - Kolumbiyada “El-Loko” laqabli jinoyatchi ushlandi
11:22 / 25.06.2025
Toshkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi
19:28 / 07.04.2025