“Weber” brendi ostida faoliyat yurituvçi “Premium Paints” korxonasi 2011 yilda öz faoliyatini boşlagan. Hozirgi kunga kelib “Weber” brendi lak-böyoqlar bozorida quriliş sohasining yetakçilaridan sanaladi.

Butun jahon standartlari talabiga mos keluvçi Yevropa texnologiyalari asosida iş olib boruvçi korxona ayni paytda suvli emulsiya mahsulotining 30dan ortiq turini işlab çiqarmoqda. 2014 yilda korxona kuniga 10 000 ming dona temir bankalar işlab çiqaruvçi sex faoliyatini yölga qöydi. 

Korxonada 2016 – yilda tez quruvçi “Neolit” böyoği hamda yöl belgilari uçun böyoq sexi, 2017-yilda esa yoğoç yuzasini böyaş uçun möljallangan uralkid lakini işlab çiqaruvçi sexlar işga tuşdi. Bir söz bilan aytganda “Olam ranglari”ni böyoqda jamlaş niyatidagi “Weber” mijozlar uçun doim izlanişda.

Kuni keça “Weber” Farğona şahridagi “Asia” mehmonxonasining taqdimot zalida hamkorlar, bevosita quriliş sohasida iş olib boruvçi ustalar va mijozlar bilan uçraşuv ötkazdi. Unda korxona tajribali mutaxassislari yiğilganlarga “Weber” faoliyati, buguni va kelajak rejalari haqida tuşunça berib ötişdi.

Korxonaning har bir mahsulotiga oid işlab çiqariş texnologiyasi, öziga xos tomonlari va undan unumli foydalaniş usullari haqida ma'lumot berildi.

Turli şaroitlarda mahsulotdan qanday foydalaniş va böyaş işlarida qaysi jihatlarga e'tibor beriş yuzasidan “Weber” mutaxassislari “Mahorat darsi” ötib berdi.

Lak-böyoq korxonasi vakillari hamkor va mijozlarning mahsulotlar sifati böyiça talab va istaklarini tingladilar. Bu borada yozma sörovnoma ham ötkazildi.