Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil bakalavriatga ajratilgan qabul kvotalarining 13 mingdan ortig‘i bo‘sh qoldi
Bugun, 28 avgust kuni Milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi va OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2018-2019 o‘quv yilida oliy ta'lim tizimiga joriy etilgan yangiliklar va huquqiy-me'yoriy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ma'lumot berildi.
Jumladan, 2018-2019 o‘quv yili uchun belgilangan 82900 nafar o‘rniga 69516 nafar abituriyent talabalar safiga qo‘shilgan. Ushbu vaziyatga Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov izoh bergan.
«2018-2019 o‘quv yili uchun respublika Oliy ta'lim muassasalariga jami 679 979 nafar abituriyent hujjat topshirgan (o‘tgan yili 729 947 nafar). 13 kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida 69 516 nafar abituriyent qabul qilindi. Ammo biz 82 900ta qabul kvotasini joriy etgandik. Texnika yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar eng yuqori ballning 30 foizini (56.7 ball) ham to‘play olishmagan. Natijada, respublika bo‘yicha ajratilgan qabul kvotalarining 13 mingdan ortig‘i bo‘sh qoldi», deya boshqarma boshlig‘i so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 5-son bayoni bilan test sinovlarida kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan, biroq eng maksimal ballning 30 foizini to‘plagan abituriyentlarga oliy ta'lim olish imkonini berish maqsadida 276ta yo‘nalishda jami 11 xil miqdorda oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
-
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi
Sport | 12:14
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
Mavzuga oid

17:59 / 02.08.2024
5 yil staji bor xotin-qizlarga 500 ta kontrakt kvota ajratildi

17:49 / 30.07.2024
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun kvota qanday hisoblandi?

18:57 / 29.07.2024
Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari farzandlari uchun kvotalar tasdiqlandi

19:01 / 27.07.2024