Harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun respublika böyiça jami 9745 ta qöşimça kvota ajratildi. Bu haqda Bilimlarni baholaş agentligi ma’lum qildi. Unga köra, kvota ta’lim şakllari kesimida quyidagiça taqsimlanadi:
• kunduzgi — 6 400 ta (davlat granti - 1 742 ta, tölov-kontrakt - 4 658);
• sirtqi — 2 606 ta (tölov-kontrakt);
• keçki — 458 ta (tölov-kontrakt);
• masofaviy — 281 ta (tölov-kontrakt).
Bu kvota harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning faqat birinçi yönalişiga amal qiladi. Şuni ham inobatga oliş kerak, imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTM kesimida hisoblanadi. Tavsiyanoma abituriyentga qöşimça ball bermaydi. Imtiyozdan foydalanişda abituriyent grant uçun kamida 68 ball, kontrakt uçun kamida 56,7 ball töplagan bölişi kerak. Undan kamroq ball olganlarga bu imtiyoz qöllanmaydi.
Tavsiyanomali abituriyent öziga öxşagan tavsiyanomalilar bilan saralaşda iştirok etadi. Agar saralaşdan ötolmasa, özi töplagan balli böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Balli yetsa, grant yoki kontraktda öqişi mumkin.
















