Unda, Izboskan tumani «Markaz» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.A. tomonidan o‘zining yashash xonadonida gazballonlarini noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlayotgani aniqlandi.
Xususan, ushbu xonadonda suyultirilgan gazni maishiy gazballonlardan avtomashinalarga quyib sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.











