Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari farzandlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari uchun jami 4878 ta qo‘shimcha kvota ajratiladigan bo‘ldi.
Respublika Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.
Ularga jami 2 439 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan. Shundan:
- Milliy gvardiya – 697 ta;
- Mudofaa vazirligi – 775 ta;
- Harbiy prokuratura – 9 ta;
- Ichki ishlar vazirligi – 174 ta;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 226 ta;
- Davlat xavfsizlik xizmati – 488 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 35 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi – 35 ta.
Ma’lumot uchun, bu kvotalar birinchi oliy ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha kvotalar ham tasdiqlandi. Unda huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli 1 742 ta davlat granti ajratildi. Bu 1-oliy ta’lim muassasasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari uchun amal qiladi.
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti 697 ta etib belgilandi. Bu kvota 1-oliy ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

17:59 / 02.08.2024
5 yil staji bor xotin-qizlarga 500 ta kontrakt kvota ajratildi

17:49 / 30.07.2024
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun kvota qanday hisoblandi?

19:01 / 27.07.2024
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi

18:20 / 21.07.2024