Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada Qazzofiyning tarafdorlari ommaviy ravishda qamoqxonadan qochishdi
2 sentabr, yakshanba kuni Liviya poytaxti Tripoli yaqinidagi qamoqxonadan yuzlab mahbuslar qochib ketishdi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 400ga yaqin mahbus «darvozani kuch bilan ochishgan» va soqchilar ularga qarshilik ko‘rsata olmagan. Qamoqxonada oddiy jinoyatchilar hamda 2011 yilda taxtdan ag‘darilgan va o‘ldirilgan Liviya hukmdori Muammar Qazzofiyning ko‘plab tarafdorlari saqlangan. Ularning ayrimlari o‘sha yili yuz bergan nizodagi qotilliklari sabab qamalgandi.
Qamoqxona Tripolidan janubda, so‘nggi haftada muxolifatchi guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kuchaygan hududda joylashgan. Bu guruhlar bois Liviya milliy kelishuv hukumati favqulodda vaziyat tartibini joriy etgan.
«Yettinchi piyoda brigadasi» va «Suar Tripoli» guruhlari o‘rtasidagi ayovsiz to‘qnashuvlar 26 avgust kuni boshlandi. Birinchi guruh a'zolari o‘zlarini Liviya mudofaa vazirligiga mansub deb bilishadi. «Suar Tripoli» esa rasman hukumat IIV tarkibiga kiradi.
Liviyada 2011 yilda mamlakat yetakchisi Muammar Qazzofiy taxtdan ag‘darilganidan so‘ng fuqarolar urushi boshlangan. Oqibatda hozirda mamlakatda ikkita hukumat vujudga kelgan: Tobruk shahrida xalq tomonidan saylangan parlament, Tripolida esa BMT va g‘arb davlatlari tomonidan shakllantirilgan milliy kelishuv parlamenti hukmronlik qilmoqda.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025