Birlaşgan Millatlar Taşkilotining ma'lumotiga köra, yuqumli kasalliklarning 80 foizdan ortiği içimlik suvi sifatining pastligi hamda suv ta'minotida sanitar – gigiyenik qoidalarning buzilişlari bilan boğliq.

— Bugun dunyo aholisining  3 mlrd.ga yaqini ifloslangan suv iste'mol qilmoqda va buning oqibatida ularning deyarli 2 milliardi turli xastaliklarga çalingan.

— Bugungi kunda Yer yuzidagi daryolarning yarmiga yaqini ifloslangan, ularning resurslari tugab bormoqda.

— Şuningdek, Yer şaridagi botqoqliklar maydoni va içki suv resurslari qisqarmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, har kuni dunyoda 6 ming bola  sanitariya – gigiyena qoidalariga mutlaqo töğri kelmaydigan suv iste'mol qilganliklari tufayli barvaqt halok bölmoqda.

— Çuçuk suv manbalari ifloslanişining asosiy sabablari urbanizatsiya, sanoat, maişiy–kommunal xöjaliklari va boşqa işlab çiqariş korxonalarining jadal rivojlanişi bilan boğliq. Öğit va zaharli kimyoviy moddalar işlatilgan ekin maydonlaridan oqib çiqqan suvlar, çorvaçilik fermalaridan oqib çiqadigan suvlar va boşqalar şular jumlasidandir.

— Hisob-kitoblarga köra, 2020 yilga borib Özbekiston Respublikasi aholisi 32 mln. kişiga yetişi, mavjud suv zaxiralarininig hajmi esa 15-20 foizi kamayişi kutilmoqda.

Uşbu safarimiz bugungi kundan ança avval bölgandi. Isrof bölgan suvning qadrini esa özingiz ölçab olavering. Dastavval, Andijon viloyatiga kirişda, Muqimiy köçasiga yondoş bölgan hududda, xalq tili bilan aytganda, Jalabek, aeroport köçada suv quvuridan sizib emas, oqib çiqmoqda. Yölovçilar yöli va katta yöl suvga ğarq tölgan.

Keyingi manzil Andijon şahar 5-kiçik daha köçasi böldi. Bu yerda ham quvur içidan avariyaviy holda suv trubasi ta'mirlanmagan. Şunçaki birov bilmasin uçun suvni kanalizatsiyaga oqizib quygan.