Andijon viloyatidagi Poytuğ bekatida 10 iyun kuni temiryöldagi sisternaga çiqqan erkakni tok urdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, begona fuqarolardan biri stansiya hududiga kirib, ikkinçi yölda böş turgan sisternaga çiqib olgan. U kontakt tarmoğidagi kuçlaniş ta’siriga tuşib, yerga yiqilgan.
Stansiya navbatçi xodimi tez tibbiy yordam brigadasini çaqirgan. Jabrlanuvçiga zarur tibbiy yordam körsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda uşbu şaxs vagon yuqorisida tanasi yonişni boşlagan holda yopişib qolgani, söng özini pastga taşlagani körinadi.
Özbekiston temiryöllari fuqarolardan temiryöl va infratuzilma yaqinida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiliş kerakligini eslatib ötdi. «Temiryöl infratuzilmasi obektlariga özboşimçalik bilan kiriş hayot va soğliq uçun jiddiy xavf tuğdiradi», – deyiladi xabarda.












