Jahon | 17:12 / 10.09.2018
12092
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiya FXXning IShID bo‘yicha ma'lumotini «juda kulgili» deb atadi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) UXX IShID terrorchilik tashkiloti bilan hamkorlik qilayotgani haqidagi ma'lumotiga reaksiya bildirdi. Bu haqda UNN xabar qilmoqda.

UXXdagi manbaning ma'lum qilishicha, bunday ma'lumotga «izoh berishning o‘zi kulgili».

«Bu Rossiya FXXning navbatdagi feyk xabari», - deya ta'kidlab o‘tdi manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya FXX Ukrainani ayblab chiqqandi. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Smolensk oblastida IShID xalqaro terrorchilik tashkilotining a'zosini qo‘lga olgani, u Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘i bilan «DXR» rahbarlaridan birini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgani haqida ma'lumot berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid