O‘zbekiston | 10:29 / 24.09.2018
5832
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Belarus bilan poyabzal korxonasi quriladi

Foto: Marko

Belarus bilan poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona 2019 yilda O‘zbekistonda quriladi. Bu haqda Belarusning «Marko» charm-poyabzal kompaniyasi bosh direktori Nikolay Martinov xabar berdi, deb yozmoqda BelTA.

Yangi poyabzal korxonasini qurish bo‘yicha kelishuv O‘zbekistonga Belarus prezidenti rasmiy tashrifi chog‘ida imzolandi.

«Uni 2019 yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan, hozirda ro‘yxatdan o‘tish, loyihalash, uskunalarni tanlash bilan shug‘ullanmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi «Marko» bosh direktori.

Bo‘lajak korxonada poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi Belarusniki bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Belarus elektrobuslari sinovdan o‘tkazilishi xabar qilingandi. 

Mavzuga oid