Belarusning “Belkommunmaş” kompaniyasi sinovdan ötkaziş uçun Toşkentga elektrobusni taqdim etadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Avvalroq, hokimlik Toşkent şahar v.b. hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va “Belkommunmaş” boş direktori Vladimir Korol kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uçraşuv haqida xabar qilgan edi.

Vladimir Korolning ta'kidlaşiça, elektrobus ekologik toza transport vositasi bölib, u 5−7 daqiqada zaryadlanadi. Elektrobus videokuzatuv tizimlari, GPS-navigatsiya va iqlim nazorati bilan jihozlangan.

«Özbekiston prezidenti uçun kiçik taqdimot ötkazdim. Men uning muqobil energiya manbalari haqida xabardorligi va bu sohada aniq rejalar haqida öylaşidan qoyil qoldim», — dedi “Belkommunmaş” kompaniyasi rahbari.

Kompaniyaning elektrobusi innovatsion yölovçi transport vositasidir. Şu bilan birga, u trolleybus va avtobusning afzalliklarini birlaştiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonga elektrobuslar olib kelinişi xabar berilgandi.