Jahon | 09:47 / 25.09.2018
8436
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda yadro obektlarini qo‘riqlash uchun vertolyotlarni kim yetkazib berishi ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

Boeing kompaniyasi AQSh harbiy-havo kuchlari uchun vertolyotlar yetkazib berishga shartnomani yutib oldi. Ular qit'alararo ballistik raketalar uchiriladigan maydonlarni qo‘riqlaydi. Bu haqda Bloomberg Pentagonning bayonotiga asoslanib yozmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Boeing Shimoliy Dakota, Montana va Vayoming shtatlarida joylashgan yadroviy obektlarni qo‘riqlash uchun AQSh harbiy-havo kuchlariga jami 84ta MH-139 vertolyotini yetkazib beradi. Ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlari ilk shunday vertolyotlarni 2021 yilda qabul qilib oladi, so‘nggi partiya esa 2031 yilga mo‘ljallangan.

Shartnomaning umumiy miqdori 2,38 mlrd dollarni tashkil etadi, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan Bloomberg'dan. Bundan tashqari, Chikagodagi Boeing filiali dastlabki to‘rtta vertolyotni yig‘ish uchun 375 million dollar olganligi ham ma'lum bo‘ldi.

Boeing havo kemalarini yetkazib berish uchun tanlovda Lockheed Martin va Sierra Nevada kompaniyalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda kosmosdagi tahdidlar ma'lum qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid