Pensilvaniya ştatidagi AQŞ Harbiy universiteti huzurida joylaşgan Strategik tadqiqotlar instituti Qöşma Ştatlarga kosmosdagi ehtimoliy tahdidlar haqida hisobot tayyorladi. Bu haqda RT hujjat matniga asosan xabar bermoqda.
Hisobotga köra, Rossiya va Xitoy kosmosda AQŞ kuçlari uçun asosiy tahdid hisoblanadi. Uning mualliflari bildirişiça, Moskva hamda Pekin harbiy-kosmik faoliyatni özlarining qöşma harbiy operatsiyalariga qöşişga intilmoqda.
«Bu ikki davlatning iddao etişiça, Qöşma Ştatlar va uning ittifoqçilari tomonidan kelayotgan hamda ösib borayotgan tahdidni bartaraf etiş uçun öz harbiy salohiyatlarini rivojlantirişlari va kuçli yuqori texnologiyali hamda integratsiyalaşgan mudofaa tizimini yaratişlari zarur», - deyiladi hujjatda.
Hisobotda ta'kidlanişiça, Rossiya va Xitoy Qöşma Ştatlarning asosiy raqiblari sanaladi, sababi ular kosmosda harbiy ustunlikka erişmoqçi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi.












