Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov - Makgregor jangi hakami: asabiylashayotganim yo‘q
Foto: AP/Jeff Chiu
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida yilning eng kutilayotgan jangi referisi Xerb Din bahsdan avval asabiylashayotgani yo‘q, deya xabar bermoqda TASS.
«Men bunday sharafga loyiq ko‘rilganimdan juda xursandman. Shuningdek, bu jangda ishlash imkonini taqdim etishgani uchun tashakkur demoqchiman. Bu jang so‘nggi vaqtlarda MMA’dagi eng katta bahsga aylanadi. Bu bizning sportimiz qanchalik o‘sganini ko‘rsatadi.
Men asabiylashayotganim yo‘q. Shunchaki ikki jangchining o‘zaro bahsiga va ishqibozlarga e'tibor qarataman. Bu uzoq yillar davomida, har bir jangda har doim mening uslubim bo‘lib kelgan», - deya tan oldi Din.
Makgregor UFC’dagi eng mashhur jangchilar biridir, u aralash yakkakurashlarda 24ta jang o‘tkazib, 21 g‘alabani qo‘lga kiritgan va uch bora mag‘lubiyatga uchragan. Nurmagomedov, o‘z navbatida, UFC chempioni kamarini qo‘lga kiritgan birinchi rossiyalik bo‘ldi. Aprel oyi boshlarida u amerikalik El Yakvintani taslim etdi. Rossiyalik o‘z faoliyatida MMA’da jami 26 marta g‘alabaga erishgan, bironta mag‘lubiyatga uchramagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovga Makgregorning sobiq sparring sherigi yordam berayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024