Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko o‘z farzandlarining «oltin yoshlar»ga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi
Foto: RIA "Novosti"
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z farzandlarini qanday tarbiya qilayotgani haqida gapirib berdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar qilmoqda.
Lukashenkoning qayd etishicha, o‘g‘illari «oltin yoshlar» vakiliga aylanishmaganidan juda xursanddir.
«Nima bo‘lgan taqdirda ham men prezidentman, shuning uchun, katta ehtimol bilan, bolalar ham otani ranjitmaslik yaxshi ekanini hisobga olishmoqda, agar men nimadir desam - bu qonundir. Bolalar ham meni xafa qilish kerak emasligini tushunadilar. Men ular «oltin yoshlar»ga aylanmaganidan juda xursandman», - dedi Belarus yetakchisi.
Lukashenkoning qayd etishicha, hech qachon farzandlari o‘zlarini nomaqbul tutishganini ko‘rmagan.
«Agar sizlar buni ko‘rsangiz - aytinglar, yozinglar. Men darhol javob beraman», - deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, farzandlarini oddiy odamlar kabi yashashga o‘rgatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarusda «erkaklar qolmayotganidan» tashvish bildirgandi.
Mavzuga oid
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025