Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusda «erkaklar qolmayotganidan» tashvish bildirdi
Foto: Belarus Prezidenti matbuot xizmati
Belarusdagi erkaklar orasida harbiy tayyorgarlik va yoshlarni tarbiyalashdagi kamchiliklar respublika armiyasida xizmat qilishdagi kechikishlar bo‘yicha katta foiz tufayli kelib chiqdi. Bu haqda 5 oktabr, juma kuni mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qildi, deb yozadi BeLTA.
«Taxminan 80 foizi qonun bo‘yicha xizmatni kechiktirgan. Kimdir o‘qishi sabab, boshqasi oilaviy sabablar bilan... Ya'ni, o‘zimiz shunday qarorlar qabul qilganmizki, bunda odamlar qonun bo‘yicha xizmat qilmasligi mumkin. Bu yaxshi emas. Bilasizmi, biz sinf, erkaklar sifatida yo‘qolib boryapmiz», - dedi Belarus yetakchisi.
Lukashenkoning tan olishicha, harbiy xizmat obro‘sini oshirish masalasi haqida gapirganda, ba'zan juda keskin fikrlarni bildirib yuboradi. «Chunki bu menga nafaqat prezident, balki erkak sifatida ham juda ta'sir qiladi», - deya qayd etib o‘tdi u.
Shuningdek, davlat rahbarining e'tibor qaratishicha, harbiy mojaro yuz beradigan bo‘lsa, mamlakatning ko‘plab aholisi uni himoya ham qila olmaydi, chunki ular quroldan qanday foydalanishni bilishmaydi.
«Biz juda jiddiymiz, shu yil va kelgusi olti oyda erkakni hech bo‘lmasa o‘zi va oilasini qanday himoya qilishga o‘rgatish mumkinligi haqida jiddiy bosh qotirib ko‘ramiz. Bunda u Vatanini himoya qilishi lozimligi borasida gapirmasa ham bo‘ladi. O‘zimiz ko‘plab masalalarni keltirib chiqardik, bugun esa harbiy xizmatchilarimiz yetarli emasligidan shikoyat qilyapmiz», - deya va'da berdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko ko‘plab rahbarlarni ichkilikbozlik sabab ishdan haydashini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025