Oktyabr oyida KXDR va Qatar terma jamoalariga qarşi örtoqlik öyini ötkazadigan Özbekiston terma jamoasi 6 oktabrdan boşlab Toşkentda yiğinga kirişadi.

ÖFA rasmiy saytining ma'lum qilişiça, yiğinga jalb qilingan futbolçilar bugun Toşkentdagi "Özbekiston temir yöllari" sport stadionida birinçi maşğulotni ötkazadi.

Bugungi maşğulot soat 16:30 da boşlanadi.

Boş murabbiy Ektor Kuper yiğinga jalb etilgan öyinçilar röyxatini 2 oktabr kuni e'lon qilgan. Yiğin davomida unga yordamçilari Xose Karlos Fantagutstsi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam beradi.

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergaşev (“Navbahor”)
Ötkir Yusupov (“Qöqon-1912”)

Himoyaçilar:
Yegor Krimets (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Şerzod A'zamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftçi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Şorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoşimov (“Navbahor”)

Yarim himoyaçilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Maşaripov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qöqon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Şanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Şomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Şukurov (“Şarja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumçilar: 
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin Ğofurov (“Lokomotiv”)

Özbekiston terma jamoasini oldinda quyidagi örtoqlik uçraşuvlari kutib turibdi:

13 oktabr, 20:00. "Milliy" stadioni
Özbekiston – KXDR

16 oktabr, 20:00. "Milliy" stadioni
Özbekiston - Qatar

20 noyabr, Avstraliya
Özbekiston – Janubiy Koreya

Qayd etiş joiz, 5 oktabr kuni BAAda boşlanadigan Osiyo kubogida Özbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan birga "F" guruhidan örin olgan.