Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yuqumli kasalliklar şifoxonalarida OIV infeksiyali bemorlarni statsionar şaroitda davolaş uçun bemor örinlari ajratiş töğrisida”gi qaror loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan yuqumli kasalliklar şifoxonasiga statsionar davolaş uçun körsatmalar;
viloyatlar yuqumli kasalliklar şifoxonalari OIV infeksiyasiga çalingan bemorlarni davolaş uçun ajratilgan 10 örinli bölimdagi bemorlarni davolaş uçun dori vositalari va tibbiy aşyolarga bölgan umumiy ehtiyoji tasdiqlanişi mumkin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri, viloyatlar va Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmalari boşliqlari va hududiy OITSga qarşi kuraş markazlari boş şifokorlariga:
hududiy yuqumli kasalliklar şifoxonalarida OIV infeksiyali bemorlarga malakali statsionar yordam körsatişni taşkillaştiriş uçun 10 ta bemor örni ajratilib, hududiy OITSga qarşi kuraş markazlari bilan amaliy va metodik uzviylikni ta'minlaş;
OIV infeksiyali bemorlarni yuqumli kasalliklar şifoxonalariga belgilangan körsatmalar asosida qabul qilinişini ta'minlaş topşiriladi.
Moliya vaziri, Qoraqalpoğiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toşkent şahar moliya boşqarmalarining boşliqlari, soğliqni saqlaş vaziri, Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri, viloyatlar va Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmalarining boşliqlari:
OIV infeksiyali bemorlarda opportunistik infeksiyalarni davolaş uçun kerakli dori-darmonlarni şifoxonaning xarajatlar smetasida közda tutadi;
OIV infeksiyali bemorlarda opportunistik infeksiyalarni davolaşda ularni parhez taomlar bilan ta'minlanişiga alohida e'tibor qaratadi va sarf-xarajatlar smetasida e'tiborga oladi;
OIV infeksiyali bemorlarni statsionar şaroitda davolaş va ularni parvarişlaş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan 2018 yil 18 mayda tasdiqlangan 06-4/220-sonli “Respublika va viloyat (Toşkent şaxar) yuqumli kasalliklar şifoxonalarining (markazlar va klinikalar) tibbiyot, farmatsevtik va boşqa xodimlarining ştat normativlari” asosida iş örinlarini ajratadi;
OIV infeksiyali bemorlarni davolaş va parvarişlaş bilan boğliq bölgan tibbiyot xodimlariga maoş tölaşni Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlarini mehnatiga haq tölaşning takomillaştirgan tizimini tasdiqlaş” töğrisidagi qarori asosida taşkil etadi;
tibbiyot xodimlarining salomatligini muhofaza qiliş va şifoxona içki infeksiyalarini oldini oliş maqsadida bölimlarni muntazam ravişda bir marotabalik tibbiy vositalar bilan uzluksiz ta'minlaş çoralarini köradi.
Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga statsionar davolaş uçun körsatmalarga köra, yuqumli kasalliklar şifoxonasiga statsionar davolaş uçun quyidagi hollarda ruxsat beriladi:
a) OIV infeksiyasiga çalingan bemorlar dispanser yullanmasi asosida yilda 1 marotaba profilaktik tekşiruv uçun;
b) OIV-infeksiyasi fonida keçadigan quyidagi opportunistik kasalliklarni davolaş uçun:
angulyar xeylit;
örab oluvçi temiratki;
tirnoqlarning zamburuğli zararlanişi;
sababsiz vazn yöqotişi;
terining qiçituvçi papulez toşmasi;
oğiz böşliğining qaytalanuvçi yaralari;
nafas yöllarining qaytalanuvçi infeksiyasi (sinusit, örta otit, bronxit, faringit, traxeit);
ötkir yarali-nekrotik stomatit, gingivit, parodondit;
orofaringeal kandidoz yoki qaytalanuvçi oral kandidoz;
noma'lum etiologiyali diareyalar;
gematologik özgarişlar (kamqonlik gemoglobin 50g/ldan yuqori, trombotsitopeniya);
zotiljam asoratsiz;
qizilungaç kandidozi yoki pastki nafas yöllari kandidozi;
terining surunkali vpg infeksiyasi;
surunkali kriptosporidioz (laborator tasdiqlangan);
surunkali izosporiaz (laborator tasdiqlangan);
öpkadan taşqari kriptokokkoz (laborator tasdiqlangan);
tsitomegalovirus infeksiyasi: retinit (oftalmolog fundoskopiya-xulosasi bilan), kolit yoki ezofagit (laborator tasdiqlangan);
viç-kaxeksiya;
pnevmotsistli zotiljam (pneumocystis jirovecii qözğatgan zotiljam) (yengil va örta oğir şakllari); toksoplazmoz (laborator tasdiqlangan)–markaziy nerv tizimi zararlanişi bilan keçişi, retinit (oftalmolog fundoskopiya xulosasi bilan);
allergodermatit.
v) OIV fonida keçadigan ARV preparatlarining nojöya tasirlarini davolaş uçun:
g) OIV fonida keçadigan ARV preparatlarining samarasizligini aniqlaş uçun.
Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga statsionar davolaş uçun quyidagi şaxslarga ruxsat berilmaydi:
a) hududiy OITSga qarşi kuraş markazi tomonidan yullanmasi yöq bölgan bemorlar;
b) sil kasalligini inkor etuvçi ftiziatr xulosasi bölmagan bemorlar;
v) OIV fonida spirtli içimliklar yoki giyohvand moddalar iste'mol qilib kelgan şaxslar;
g) OIV fonida keçadigan barça turdagi surunkali somatik kasalliklar, jumladan, psixo-nevrologik, nefrologik, allergologik, gematologik, yurak-kasalliklari, onkologik, teri tanosil kasalliklari, suyak-böğim kasalliklari, köz kasalliklari, sil kasalliklari, homiladorlik bilan boğliq kasalliklar va boşqa surunkali kasalliklarga çalingan bemorlar.












