Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh byudjyeti defitsiti olti yillik maksimumga yetdi
Moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha AQSh federal byudjyeti defitsiti 17%ga ortib, 779 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunday ma'lumotlar AQSh Moliya vazirligining hisobotida e'lon qilindi.
Hisobotda qayd etilishicha, YaIMga nisbatan defitsit 3,9 foizgacha o‘sdi, bu oxirgi olti yil uchun maksimal ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, hujjat mualliflarining qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining iqtisodiy muvaffaqiyatlari ham bor. Xususan, Qo‘shma Shtatlarning «o‘ta qudratli iqtisodiy kuchi»ga ishora qilingan.
AQSh Moliya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, byudjyet xarajat qismi 3,2 foizga (127 milliard dollar) oshdi, daromad esa faqatgina 0,4 foizga o‘sdi (14 milliard dollar). Aksariyat xarajatlar mudofaa byudjyeti (33 mlrd dollarga, 664,7 mlrd) va ijtimoiy ta'minotga (43 mlrd dollarga, 988 mlrd) ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh iqtisodiyoti 2020 yilda turg‘unlikka tushishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026