Biznes-iqtisodçilarning aksariyati AQŞda 2020 yil oxirida - kelasi prezidentlik saylovlari paytida retsessiya (turğunlik) yuz berişini taxmin qilişmoqda. Bu haqda Newsweek Biznes-iqtisodiyot milliy assotsiatsiyasining (National Association for Business Economics) 50dan ortiq eksperti örtasida ötkazilgan sörov natijalariga tayangan holda yozmoqda.
Sörovda qatnaşgan iqtisodçilarning 10 foizga yaqini retsessiya 2019 yilda boşlanişni taxmin qilgan. Ekspertlarning 56%i fikriça, u 2020 yilda boşlanişi mumkin. Bundan taşqari, respondentlarning 36 foizi kamida 2021 yilgaça jiddiy iqtisodiy inqirozni kutişmayotganini aytişgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika savdo siyosatini özgartirişga qaror qildi, bu Xitoy kabi yirik iqtisodiyotlar bilan «savdo uruşlari» kelib çiqişiga sabab böldi, deyiladi materialda.
Duşanba kuni AQŞ yetakçisi Şimoliy Amerika erkin savdo bitimini (NAFTA) Meksika va Kanada bilan yangi savdo bitimiga (USMCA) almaştirişi haqida e'lon qildi. Bundan taşqari, AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo muzokaralariga tayyor emasligini aytdi. Amerika rahbari Xitoyga nisbatan bojlarning yangi raundi böyiça imkoniyatlarni körib çiqmoqda. Avvalroq, Pekin va Vaşington bojlar bilan almaşgandi. Tramp Xitoy tovarlariga 250 milliard dollarlik bojlar joriy qildi. Bunga javoban Xitoy Amerikadan mahsulotlarga nisbatan 60 milliard dollarlik bojlarni kiritdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Reuters AQŞning obrösi pasayib ketgani haqida yozgandi.












