Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdagi Time Warner Center binosi evakuatsiya qilindi
Foto: REUTERS/Kevin Coombs
CNN telekompaniyasi xodimlari joylashgan Nyu-Yorkdagi Time Warner Center binosida pochta jo‘natmalari orasida shubhali buyum topilgani sababli evakuatsiya boshlandi. Bu haqda telekompaniyaning o‘zi xabar qildi.
Binoga portlash texnikasi mutaxassislari, maxsus bo‘linma va politsiya mashinalari yetib kelgan. Evakuatsiya yong‘in trevogasi signali yoqilganidan so‘ng boshlangan.
CNN xabariga ko‘ra, politsiya xodimlari Oq uyga, sobiq prezidentlar Barak Obama va Bill Klintonlarga jo‘natilgan shubhali paketga o‘xshash paketni tekshirishmoqda.
Shubhali paket maxsus konteynerga solib binodan olib chiqiladi va xavfsizlik maqsadida portlatib yuboriladi, degan politsiya vakili.
Mavzuga oid
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
19:21 / 10.11.2025
Birgina hazilni deb aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi
08:13 / 22.09.2025
Berlinda Ikkinchi jahon urushi davridagi ikkita bomba topildi
17:49 / 13.09.2025