«Özbek» va «paxta» degan tuşunçalar nega çambarças boğlanib qolgan?
|23:41 / 25.10.201881 28211 min
Paxta Özbekiston hududida asosiy ekin maqomini egallaganiga bir asrdan oşdi. Daromadi va strategik ahamiyati jihatdan heç bir ekin paxtaga yeta olmagani bois sobiq ittifoq davrida uni yetiştiriş uzoq yillar davlat siyosati, milliy mafkura darajasiga kötarildi. Hozir-çi, vaziyat özgarganmi?
Özbekiston hududida azaldan paxta yetiştirib kelingan. Faqat unga tijorat va daromad imkonini beruvçi ekin sifatida qaralgan. Badavlat insonlar bozor tamoyillari asosida yerlarni xarid qilganlar yoki ijaraga olganlar, özlari mablağ tikib işçi yollaganlar va hosilni ham öz istaklariga köra tasarruf etganlar. Davlat bu örinda asosan yerdan yoki hosildan soliq oluvçi maqomida bölgan. Buxoro amirligi, Qöqon xonligi xorijga, xususan Rossiyaga katta miqdorda paxta eksport qilgan va hudud paxtasi vositaçilar orqali Yevropa manufakturasida işlatilgan. Öşa yillardayoq Özbekiston paxtasi tola sifati jihatdan yetakçilardan bölgan.
Hozirgi hududiy şaklda sobiq ittifoq tarkibida bölgan Özbekistonda 1933 yildan boşlab paxta rasman respublikaning asosiy ekini darajasiga kötarilgandi. Bu ekinni yetiştiriş tartibi, hosil miqdori, narxi va boşqa muhim jihatlari markazdan aniq körsatmalar hamda rejalar asosida belgilab berildi.
Ikkinçi jahon uruşi yillarida paxtaning strategik ahamiyati keskin ortdi. Undan xalq xöjaligi va mudofaa maqsadlarida ellikdan ortiq mahsulot olinardi. Uruşdan keyingi yillarda ham paxtaning ahamiyati kamaymadi, aksinça yil sayin orta bordi.
Respublikaning butun salohiyati ulkan xirmon yaratişga safarbar qilindi, odamlar ongiga bu ekin muqaddas ekani töğrisidagi mafkura singdirildi, xalqning butun mehnati, deyarli barça sohalar hosildorlikni oşirişga xizmat qildi. Dunyoda öxşaşi bölmagan paxtaçilik institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari iş boşladi, adabiyot, san'atda paxta uluğlandi, butun jamiyat yagona maqsad bilan harakat qildi. Respublika madhiyasi va gerbida paxta alohida bandni egallagani bejiz emasdi.
Bu harakatlar besamar ketmadi albatta. Özbekistonda paxta yetiştiriş ulkan maşaqqat evaziga san'at darajasiga kötarildi va paxtakorlar (garçi aksariyati örtamiyona kun keçirsa-da) eng şarafli kasb egalariga aylanişdi. Özbekiston tajribasi xorijning qator davlatlarida qöllanila boşlandi. Özbek paxtasi umumiy hosil miqdori jihatdan AQŞ, Hindiston kabi yirik davlatlar bilan, tola sifati jihatdan yetakçi bölgan Misr paxtasi bilan bellaşişga kirişdi. Hosildorlik yildan-yilga ortib borib, oxir-oqibat 6 mln tonnalik marra közlana boşlandi.
Şu bilan birga, paxta siyosati aholining turmuş darajasiga, respublika resurslariga salbiy ta'sirini ötkazmay qolmadi. Ertayu-keç oğir mehnat xalqni ezib qöydi, paxtaga qarşi fikr aytiş ham mumkin bölmay qoldi, yetiştiriş jarayoniga xalal beruvçi har qanday inson şafqatsizlarça jazolandi.
Mavzuga oid
Ayniqsa hosilni yiğib oliş yoki «paxta» mavsumida tirik jon borki, hamma safarbar qilinardi. Öşa murakkab yillarda janozalardan haydab ketilgan, yoki tobut kötarib borayotganlar odamlar töxtatilib, aksariyati paxta terişga olib ketilgani haqida ma'lumotlar bor. Paxta teriş mavsumining dekabr oyi örtalariga qadar davom etişi oddiy holga aylanadi. Ba'zan ayrim hududlarda dalaga çiqib, paxta izlaş işlari yangi yil bayramigaça çözilgani qayd etilgan.
Yerning uzluksiz kimyoviy öğitlanişi, yetarli darajada işlov berilmasdan zöriqtirib işlatilişi asta-sekin öz ta'sirini körsata boşladi. Suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va asosan bitta yönalişga safarbar qiliş çorvaçilik, boşqa ekinlar sohalariga salbiy ta'sir qildi, paxta uçun heç narsani ayamaslik ortidan Orol muammosi böy körsatdi.
Özbekiston ahli «muqaddas ekin» uçun ertayu-keç tinim bilmasa-da, turmuş darajasi boşqa respublikalarga nisbatan ança past edi. Ammo markaz tobora köproq hosil talab qilar, bajarmaslik oğir oqibatlarga olib kelardi. Bu yangi muammoni – qöşib yozişni keltirib çiqardi. Ön yillar davomida bu holat davom etib, tösatdan dahşatli yakun topdi va «Özbeklar işi», «Paxta işi» boşlandi. Respublika böylab olib borilgan tergovlar natijasida 70 mingdan ortiq kişi söroq qilindi, 22 mingdan ortiq odam hibsga tortildi. Ularning mutlaq köpçiligi paxta uçun jonfido qilgan malakali mutaxassislar edi.
Mustaqillik yillarida
Istiqlolga erişgan Özbekiston jiddiy muammoga duç keldi. Hali yangi iqtisodiy şaroitlarga könikmagan, bozor tamoyillarini anglab yetmagan aholi non muammosiga duç keldi. Davlat zaxiralari tugab bitdi. Şunday paytda bir qaraşda inqilobiy islohot ötkazildi – paxta maydonlari keskin qisqartirilib, ğalla yetiştiriş boşlandi. Bir neça yillardagina ğalla mustaqilligiga erişildi va non muammosi bartaraf etildi.
Ammo şunda ham paxtaning örni juda muhimligiça qoldi. Garçi dehqon-fermer xöjaliklari tuzilgan, yer ma'lum ma'noda egali bölsada, davlat hosilning asosiy buyurtmaçisi hamda butun jarayon boşqaruvçisi sifatidagi maqomini saqlab qoldi.
«Paxta» mavsumidagi ommaviy safarbarliklar sobiq ittifoq davridagidek qattiq bölmasada, baribir byudjyet taşkilotlari, talabalar va hatto maktab öquvçilari bu jarayonga yoppasiga jalb qilinişi davom etdi.
Sobiq ittifoq davrida muhim ahamiyat kasb etgan terim maşinalari asta-sekin safdan çiqib ketdi, hosil asosan qöl mehnati evaziga yiğib olina boşlandi. Oldinroqqa ketib aytiş mumkinki, terim maşinalarini qayta tiklaş yölidagi bir neça loyiha baribir hayotga tatbiq etilmay qoldi va bu boradagi har qanday yangilik qisqa muddatlardan keyin unutildi.
Paxta siyosatining susayişi, qator xalqaro taşkilotlarning tanqidi, paxta xaridi böyiça boykotlar asta-sekin öz samarasini bera boşladi va dastlab bolalar mehnatidan voz keçildi.
Sönggi uç yil
2016 yil
Birinçi prezident Islom Karimovning ölimidan söng Şavkat Mirziyoyev dastlab prezident vazifasini bajaruvçi, söngra umumxalq saylovlari natijalariga köra prezident etib saylandi.
Şavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida dastlab iş boşlagan paytlari aynan paxta yiğim-terimi mavsumiga töğri keldi. Mavsum safarbarligi odatga köra davom etar, byudjyet taşkilotlari xodimlari navbati bilan, kollej va OTM talabalari (poytaxtdan taşqari) yoppasiga «paxtaga haydalgandi». Ommaviy safarbarlik 60 kundan ortiqroq davom etdi. Tegişli taqiqlarga qaramasdan ayrim hududlarda maktab öquvçilari ham paxtaga jalb qilingani töğrisida ma'lumotlar tarqaldi, ammo tabiiyki bular rasman tasdiqlanmadi.
Şu bilan birga, san'at olami vakillari, maşhur insonlarning paxta terimi jarayonida qatnaşayotgandek körsatiladigan suratlari va selfilari köpaya boşladi.
Terilgan paxtaning har bir kilogrammi uçun örtaça 250-300 sömdan haq tölandi.
2017 yil
Bu yilning paxta mavsumi bolalar mehnatidan butunlay voz keçilgani, agar kimdir bunga yöl qöysa qat'iy çoralar körilişini ta'kidlaş bilan boşlandi. Haqiqatdan ham bolalar terim jarayoniga jalb qilinmadi.
Ammo byudjyetga qaram bölgan öqituvçilarning köp qismi dalaga çiqişda davom etdi. Bu hol öquv jarayoniga ta'sir etmay qolmadi. Soğliqni saqlaş tizimi va boşqa byudjyet taşkilotlar odatdagidek haşarga qatnaşa boşladi. Şuningdek, tadbirkorlarni terimçi topib berişga majburlaş amaliyoti davom etdi.
Aholi ziç va paxta maydoni kam bölgan hududlardan, xususan Farğona vodiysi viloyatlaridan minglab terimçilar poyezdlarda Jizzax, Sirdaryo, Toşkent kabi viloyatlarga olib kelindi. Köplab viloyatlarda talabalar odatdagidek maxsus belgilangan reja böyiça paxta dalalariga yöl oldilar, hali safarbar qilinmagan OTMlar ham bu jarayonga tayyorgarlik köra boşladi.
Ana şunday kunlarda tarixiy voqea yuz berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yilning 19 sentabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sözladi va hududning jiddiy muammosi – Orol dengizi qurib borişiga dunyo hamjamiyati e'tiborini qaratdi.
Bu voqeaning mavzuga aloqador qismi prezident qaytişi bilan ma'lum böldi. 21-22 sentabr kunlari barça talabalar tösatdan va heç bir izohlarsiz paxtadan qaytarildi.
Terilgan paxtaning har bir kilogrammi uçun örtaça 450-500 sömdan haq tölandi. Ayrim viloyatlarda boşqalarga nisbatan köproq haq tölaş tajribasi qöllana boşlandi.
2018 yil
Prezident endilikda paxta yetiştirişda klaster usuli qöllanilişini ma'lum qildi. Bu yerlarni tayyorlaşdan boşlab ekinni yetiştiriş, hosilni yiğib oliş, saqlaş va qayta işlaşdan tortib tayyor mahsulotni sotişgaça bölgan barça jarayonlarni bitta boşqaruv tizimi holida işlaşdan iboratdir.
Joriy yilda hali paxta mavsumi boşlanmasidanoq majburiy mehnatning har qanday turiga keskin çoralar körilişi haqida rasman – prezident va hukumat darajasida e'lon qilindi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev bunday holatlar alohida nazoratga olinişi va paxta yiğim-terimi mavsumida majburiy mehnatga oid har bir şikoyat örganilib, tegişli çoralar körilişini bildirdi. Şuningdek, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi kabi taşkilotlar ham bunday holatlarga qarşi kuraşişi böyiça bayonotlar berişdi.
Şu bilan birga köngillarni paxta maydonlariga jalb etiş böyiça keng qamrovli işlar amalga oşirildi. Eng birinçi navbatda iqtisodiy rağbatlantiriş usuli qöllanilib, birinçi terimdanoq 650 sömdan 1000 sömgaça haq tölana boşlandi. Ayrim fermer xöjaliklari köproq terimçi jalb qiliş uçun yanada köproq haq töladilar. Oldingidek beş kunlikda emas, zaruratga köra har kuni terim pullarini tarqatiş tizimi işga tuşdi. Terimçilarga şaroit yaratiş, yegulik bilan ta'minlaş yölga qöyildi. Mahallalarda işsiz yurganlarni mavsumiy işga jalb etiş böyiça maxsus otryadlar tuzildi.
Sirdaryo, Andijon kabi viloyatlar hokimlari şaxsan özlari ham paxta terişda iştirok etişdi.
Paxta tayyorlaş rejasini birinçilardan bölib bajarga tumanlar rahbarlari pul mukofotlariga ega böldilar, sustkaşlikka yöl qöygan önlab hokimlar va amaldorlar mansab kursilaridan ayrilişdi.
Prezident faqat paxtaga boğlanib qolmay, qaysi ekin turi köproq daromadli bölsa, şu yetiştirilişini bildirdi va şu tarzda «paxtaning mutlaq gegemoniyasi» degan tuşunçaga çek qöyildi. Garçi onda-sonda paxta terimiga asossiz jalb qiliş töğrisida ma'lumotlar tarqalib turgan bölsada, aynan 2018 yil bu boradagi majburiy mehnat ham uzil-kesil yakuniga yetgan yil sifatida tarixga kirdi.