2018 yil hosili uçun Sirdaryo viloyatida ham paxta xomaşyosi yetiştirilgan bölib, uni nobud qilmasdan yiğib-terib olişga barça kuç va vositalar safarbar etilgan, deb xabar qilmoqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilişiça, bugun Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev paxta yiğim-terimi mavsumida iştirok etayotgan haşarçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Farğona viloyatidan kelgan haşarçilar bilan dalada paxta tergan.

Viloyat hokimi haşarçilar bilan suhbatda bölib, ilğor terimçilarga sovğalar topşirgani aytiladi.
Viloyatimizda sönggi ikki kunda ob-havoning biroz noqulay kelişi paxta xomaşyosini terib olişda qiyinçiliklar tuğdirdi. Ayni şu pallada viloyat hokimi taşabbuskorlik körsatib, terimçilar holidan xabar oliş hamda namuna böliş maqsadida paxta terimida iştirok etib, paxtakorlarning könglini kötardi, deyiladi hokimlik xabarida.














