Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga jalb qiliş holatlari kuzatilganda qönğiroq qiliş yoki ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qoldiriş imkonini beruvçi maxsus işonç tarmoqlarini işga tuşirmoqda. Şunday qilib, mabodo siz majburiy mehnatga jalb qiliş holatlariga guvoh bölsangiz yoki sizni şunga majburlaşsa, vazirlikning Telegram tarmoğida taşkil etilgan @mehnathuquqbot tarmoğiga xabar yöllaş yoxud 712 000 601 telefon raqamiga qönğiroq qilişingiz mumkin böladi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari Şerzod Kudbiyev OAV vakillari bilan vazirlikda taşkil etilgan matbuot anjumani çoğida ma'lum qildi. Vazirning bildirişiça, mazkur tarmoqni taşkil etişdan közlangan maqsad respublikada majburiy mehnatga qarşi kuraşişdir. Kudbiyevning işonç bildirişiça, har bir murojaat böyiça tezkor çora-tadbirlar köriladi. Bundan taşqari, paxta yiğim-terimida majburiy mehnatga yöl qöymaslik va ixtiyoriy ravişda paxta terimiga çiqiş istagida bölgan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş uçun Telegram messenjerida @terimuzbot tarmoği va www.terim.uz sayti işga tuşirildi.  

Sizning mehnat huquqlaringiz poymol etilmoqdami - 1092 raqamiga qönğiroq qiling!