Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilishiga va'da berdi
Germaniya kansleri Angela Merkel Berlin Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilishi tarafdori ekanligini aytdi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi. Kantsler 1 noyabr kuni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashuvda bu haqida ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nemislarni Moskvaning Minsk kelishuvlariga rioya qilishi qanoatlantirmayapti. Agarda bu masalada oldinga siljish kuzatilsa, Germaniya «sanksiyalarni yumshatishni muhokama qilishi mumkin».
Shu yilning iyulida YeI kengashi Rossiyaga nisbatan cheklov choralarini yana yarim yilga uzaytirishga qaror qilgandi. Rossiya iqtisodiyotining alohida sohalariga qaratilgan cheklov choralari 2019 yil 31 yanvargacha amal qiladi.
Yevroittifoq, AQSh va boshqa bir qator davlatlar Rossiyaga qarshi 2014 yilda Qrimning qo‘shib olinishi hamda Ukraina janubi-sharqidagi nizolar sababli cheklov choralari joriy etgan. Moskva bunga javoban o‘z sanksiyalarini qabul qilgan.