Jahon | 22:53 / 03.11.2018
22094
1 daqiqa o‘qiladi

MDH davlatlari yadroviy halokat yuz berganida o‘zaro harakatlanish borasida hujjat imzoladi

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qatnashchilar qator muhim kelishuvlarni, xususan, yadroviy halokat holatlarida tayyorgarlikni ta'minlash, kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish kabi hujjatlarni imzoladi, deb yozadi nur.kz.

Qatnashchi davlatlar davra stolida uchta hujjat bo‘yicha bahsli masalalarni aniqlab olishdi, qolgan hujjatlar qo‘shimcha muhokamalarsiz imzolandi.

Birinchi hujjat yadroviy halokat yoki radiatsiyaning halokatli darajasi holatida MDH davlatlarining tayyorgarligini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bo‘lib, bunday holatlarda ular halokat oqibatlarini birgalikda bartaraf etadi.

MDH davlatlari shuningdek, kosmosdan faqat tinch maqsadlarda foydalanishga kelishib olishdi.

AvvalroqTojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi mamlakatlari 15ta hujjatni imzolaganini ma'lum qilgandi

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid