2 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi mamlakatlari 15ta hujjatni imzoladilar. Bu haqda Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda tadbir yakunlari böyiça matbuot anjumani davomida xabar berdi.

Uning sözlariga qaraganda, tadbir an'anaviy özaro tuşuniş, işonç va konstruktiv muloqot ruhida bölib ötdi. Yiğiliş davomida iştirokçi davlatlarning köp tomonlama hamkorligi turli sohalari böyiça keng kölamli masalalar muhokama qilindi.
«Biz tomonimizdan qabul qilingan qarorlar Hamdöstlik doirasidagi köp tomonlama hamkorlikka turtki berişi lozim. Bugungi yiğiliş yakunlari böyiça MDH doirasida mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan 15ta qaror qabul qilindi. Yuqori texnologiyali energiya uskunalarini işlab çiqarişni rivojlantiriş böyiça davlatlar hamkorlik konsepsiyasi qabul qilinganini alohida ta'kidlamoqçiman. Şuningdek, yadroviy avariyalar va radiatsion avariyaviy vaziyat yuz bergan holatda tayyor turişni ta'minlaş hamda oqibatlarni bartaraf etiş sohasida mamlakatlarning özaro hamkorligiga oid kelişuv imzolandi», - dedi Tojikiston hukumati rahbari.
Uning qöşimça qilişiça, MDH davlatlari boş vazirlari 2019 yilga möljallangan 140ta tadbir rejasini tasdiqlaşdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston MDH taşkil topganidan buyon birinçi marta Hamdöstlikda raislikni qabul qilmoqçi ekani xabar qilingandi.












