Germaniya mudofaa vaziri umumevropa armiyasini tuzish zarurligiga izoh berdi
YeI yagona armiyasi inqiroz yuzaga kelganida Yevropa manfaatlarini qat'iy himoya qilish va Yevropa kuchlari harbiy operatsiyalarda ishtirok etganida uning salohiyatini oshirish uchun kerak. GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen Funke mediaguruhiga bergan intervyusida shu so‘zlarni aytdi.
"Yevropa faqatgina birgalikda mashq o‘tkazish va yaxshi qurollanishga emas, balki biror inqiroz yuzaga kelganida Yevropa manfaatlarini qat'iyat bilan himoya qilishda siyosiy irodaga ega bo‘lish uchun ham armiyaga muhtoj", dedi u.
Fon der Lyayyen yagona Yevropa armiyasi NATOga raqobatchi bo‘ladi deb hisoblamaydi.
"NATO barcha yevropaliklar uchun mudofaa masalasida hamisha birinchi o‘rinda bo‘ladi", dedi u.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron 6 noyabr kuni Europe1 radiostansiyasiga bergan intervyusida Yevropa o‘zining yagona qurolli kuchlarini tuzishi zarurligini bildirgandi. U shuningdek, Yevropa ittifoqi Xitoy, Rossiya va AQShdan himoyalanishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 01.11.2024