Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori, iqtisodçi Yuliy Yusupov KUN.UZ uçun yozgan maqolasida xorijiy valyutani noqonuniy almaştirganlar uçun jinoiy va ma'muriy javobgarlikni kuçaytiriş töğrisidagi qonun loyihasi haqida söz yuritdi.
Qonunçilik palatasi deputatlari 22 noyabr kuni bölib ötgan majlisda xorijiy valyutani noqonuniy almaştirganlar uçun jinoiy va ma'muriy javobgarlikni kuçaytiriş töğrisidagi qonun loyihasini körib çiqişdi.
«Qayd etilişiça, mamlakatda çet el valyutasini ayirboşlaş erkinlaştirilgandan buyon sohada amalga oşirilayotgan islohotlarga qaramay, xorijiy valyutaning qonuniy muomalasi bilan boğliq huquqbuzarliklar keskin oşib bormoqda».
Valyutani noqonuniy almaştiriş albatta yaxşi emas. Ammo bunga çek qöyişni istasak, u holda aholiga ma'muriy bosimni kuçaytiriş emas (hammasidan oson va qulayi şu), balki bu holatning sabablarini aniqlaş va öşa sabablarga qarşi kuraşiş darkor.
Qora bozor qaçon va nima uçun paydo böladi?
Birinçisi. Bozor iştirokçilari öta yuqori darajadagi soliqlardan qoçişga uringanida. Ammo bizda valyuta operatsiyalarini amalga oşirganlik uçun soliq tölanmaydi. Şunday ekan, bu omil qora bozor paydo bölişiga sabab böla olmaydi.
Ikkinçisi. Davlat biror mahsulot uçun ma'muriy tartibda pasaytirilgan narx belgilaganida. Bu holatda talab taklifga nisbatan yuqori böladi (xaridor uçun narx sotuvçiga nisbatan foydaliroq böladi) va sun'iy taqçillik kelib çiqadi. Mahsulotning bir qismi (bizning holatimizda xorij valyutasi mahsulot hisoblanadi) yuqoriroq narxda sotiluvçi qora bozorga çiqadi.
Biz bu holat bilan juda yaxşi tanişmiz: 2017 yil sentabrgaça dollarning rasmiy narxi (rasmiy almaştiriş kursi) sun'iy ravişda pasaytirilgan va qora bozorda dollar 2-3 baravar qimmat sotilardi. Dollar sotuvçilar valyutani talonçilarça belgilangan rasmiy kursda sotişni istaşmas va şuning uçun uni qora bozorda sotişardi. Valyuta sotib oluvçilar rasmiy kurs böyiça valyuta sotib olişolmas va uni qora bozordan sotib olişga majbur edi.
Hozirgi vaqtda uşbu holat bartaraf etilgan hamda mavjud almaştiruvi kursi talab va taklif muvozanatini ta'minlaşi lozim. Agarda bu ta'minlanmasa, Markaziy bank kursni özgartirişi va muvozanatni tiklaşi darkor.











