O‘zbekistonda valyuta muomalasiga talabchanlik kuchayadi

Foto: REUTERS
2018 yil 22 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Majlis kun tartibidagi masalalardan biri «O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 170-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mamlakatda chet el valyutasini ayirboshlash erkinlashtirilgandan buyon sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramay, xorijiy valyutaning qonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar keskin oshib bormoqda. Masalan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar bu toifadagi jinoyatchilikning keskin o‘sish holatlarini ko‘rsatmoqda: birgina joriy yilning 9 oyida 2 069 ta (2017 yil shu davrida – 1 656) shunday huquqbuzarliklar aniqlangan.
Shuni inobatga olgan holda tayyorlangan qonun loyihasi bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasi, Jinoyat kodeksi 177-moddasining sanksiyasiga o‘zgartish kiritish orqali valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun jazo choralarini belgilash hamda jarimalar miqdorini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi bu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini kuchaytirishga, aholi tomonidan chet el valyutalarini ayirboshlash shoxobchalari orqali xarid qilish darajasini oshirishga, iqtisodiyotda xufyona sektorning darajasini kamaytirishga va chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish yo‘llarini bartaraf etishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat | 11:18
-
«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida tizim yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 11:05
-
"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi
O‘zbekiston | 11:00
-
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi
Jamiyat | 10:53
Mavzuga oid

07:30
Budjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan vazirliklarda korrupsiyaviy omillar aniqlanadi

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

12:09 / 20.02.2025
Senat diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ma’qulladi

18:07 / 16.10.2024