“Islom amirligi barça afğonlarga, dökonlar egalariga, tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirişda faqat afğoniydan foydalanişni va xorijiy valutani işlatmaslikni buyuradi”, deb yozgan Twitter’da Mujohid.
Farmonga köra, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi. “Xorijiy valutaning qöllanişi iqtisodiyotga salbiy ta'sir körsatmoqda va bunday yöqotişlar mamlakatning har bir kişisiga öz ta'sirini körsatadi”, deb qöşimça qilgan “Tolibon” vakili.
Avvalroq Tolo News telekanali Afğoniston markaziy banki AQŞ dollarini tejaş maqsadida xorijdan pul ötkazmalarini faqat milliy valutada beriş haqidagi farmonni qabul qilgan. Şuningdek, bank 6 oktyabrda mamlakatdagi barça savdo operatsiyalari faqat milliy valutada amalga oşirilişi kerakligi haqidagi qarorni qabul qilgan. Öşanda ta'kidlanganidek, uşbu çora mamlakat içidagi valuta operatsiyalariga taalluqli bölib, xalqaro savdoni qamrab olmaydi.
Toliblar Afğonistonda hokimiyatni egallagaç, xorijiy banklar AQŞ körsatmasi böyiça Afğonistonning xorijiy aktivlarini muzlatib qöygandi, Jahon valuta jamğarmasi, Jahon banki va Yevropa ittifoqi esa Afğonistondagi loyihalarni moliyalaştirişni töxtatgandi. Bundan taşqari, AQŞ Afğonistonga dollar yetkazişni töxtatgan.











