Jahon | 11:01 / 11.12.2018
5341
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda import qilinadigan benzinga aksiz ikki barobardan ko‘proqqa oshdi

Foto: Yuriy Martyanov / «Kommersant'»

Qozog‘istonga import qilinuvchi benzinga (aviatsiyadan tashqari) aksiz miqdori seshanba kunidan bir tonna uchun 4,5 ming tengedan (12,2 dollar) 10,5 ming tenge (28,4 dollar)gacha ko‘tarildi.

Joriy yil 29 noyabrida respublika bosh vaziri Bakitjan Sagintayev hukumatning tegishli qarorini imzoladi, u 11 dekabr kuni kuchga kirdi.

Shu bilan birga, dizel yonilg‘isi importiga aksiz stavkasi avvalgi darajada saqlanib qoldi - tonna uchun 540 tenge (1.5 dollar).

Iyun oyida Kazenergy neft-gaz va energetika kompleksi tashkilotlari assotsiatsiyasi bosh direktori Aset Magauov import qilingan va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan benzin uchun soliq yukini tenglashtirish kerakligini aytdi. Ekspert fikriga ko‘ra, import qilinadigan yoqilg‘iga aksizni oshirish neft mahsulotlari ichki bozorida tovarlar to‘planib qolmasligiga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShdagi juda arzon benzin uchun «uzr so‘ragandi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid