Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShdagi juda arzon benzin uchun «uzr so‘radi»
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Fake News uni benzinga narxlar pastligi sababli Qo‘shma Shtatlar yo‘llarida paydo bo‘lgan katta tirbandliklarda ayblab chiqdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Trampning tan olishicha, Fake News’ni - u, o‘zining fikricha, yolg‘on ma'lumot tarqatuvchi va aslida yo‘q bo‘lgan manbalarga tayanuvchi OAVni shunday, deb ataydi - mag‘lub eta olmaydi.
Uning ta'kidlashicha, noma'lum «feyk xabarlar» uni AQSh yo‘llaridagi tirbandliklarda ayblashgan, bu juda ham arzon benzin tufayli paydo bo‘lgan. Yoqilg‘i, o‘z navbatida, u o‘z ishini «juda yaxshi» qilgani sababli arzonlashib ketgan, deya hisoblaydi Tramp.
«Men barchadan uzr so‘rayman!», - deya o‘z postiga xulosa qilgan Amerika prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni oshirgani, neft qazib olishni qisqartirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026