OFK rasmiy saytida ötkazilgan sörovnoma natijalariga asosan, Osiyo Kubogi-2019 iştirokçi jamoalarining şiorlari tanlab olindi.

Oktabr oyida boşlangan sörovnomada Özbekiston avtobusiga yozib qöyiladigan quyidagi uç şior ovozga qöyilgan edi: 

1. «Kuç birlikda» — «Force in unity»
2. «Bir Osiyo. Bir jamoa. Bir orzu» — "One Asia. One team. One dream»
3. «Mana biz keldik – Özbekiston» — «Here we are – Uzbekistan»

Bugun ovoz beriş jarayoni yakuniga yetdi. Unga köra, «Mana biz keldik – Özbekiston» jumlasi ğolib deb topildi va Osiyo Kubogida Özbekiston terma jamoasining rasmiy şiori sifatida işlatiladigan böldi.

Musobaqaning barça qatnaşçilari uçun tanlangan şiorlar quyidagiça.

«A» guruhi
BAA: «Endi navbat bizniki» (Our time is now)
Tailand: «Çangsuek – Birgalikda bir tan-u bir jon bölib» (Chansuek together as one)
Hindiston: «Moviy yölbarslar – millat umidi» (Blue Tigers: The hope of a nation)
Bahrayn: «Heç qaçon heç qaçon dema» (Never say Never)

«B» guruhi
Avstraliya: «Qahramonlar yuksalajak» (Heroes will rise)
Suriya: «Bir jamoa. Bir millat. Bir Suriya. (One team. One nation. One Syria)
Falastin: «Biz sovrin olamiz. Biz – Falastin» (We will triumph. We are Palestine)
Iordaniya: «Iordaniyani faxr-u iftixorga burkab» (Make Jordan Proud)

«C» guruhi
Janubiy Koreya: «Biz – qizillarmiz!» (We are the Reds)
Xitoy: «Yagona orzu uçun kuraşib» (Fighting for the same dream)
Filippin: «Imkonsiz işni orzulab» (To dream the impossible)
Qirğiziston: «Oq loçinlar!» (The White Falcons)

«D» guruhi
Eron: «80 millionlik xalq, bir millat, bir yurak urişi» (Eighty Million People, One Nation, One Heartbeat)
Iroq: «Şerlar mudom muzaffar» (Lions always prevail)
Vetnam: «Oltin yulduz jangçilari» (Golden Star Warriors)
Yaman: «Heç qaçon taslim bölma» (Never give up)

«E» guruhi:
Saudiya Arabistoni: «Sahrodan qit'a taxtiravoniga» (From the desert to the throne of the continent)
Qatar: «Biz va şaraf millati qanday yaxşi» (We & the Nation of Pride are Fine)
Livan: «Sidrlar* kelayotir» (The Cedars are coming)
KXDR: «Çhollima* ruhi yor bölsin» (In the spirit of Chollima)

Sidr – Livan ramzi hisoblanuvçi daraxt. Mamlakat bayroğida ham uning tasviri tuşirilgan.
Çhollima – koreys afsonalaridagi qanotli ot

«F» guruhi
Yaponiya: «Hammani hurmat qil, heç kimdan qörqma» (Respect all, fear none)
Özbekiston: «Mana biz keldik – Özbekiston» (Here we are – Uzbekistan)
Ummon: «4 million qalb va bitta tilak» (4 million hearts, one dream)
Turkmaniston: «Yaşil maydon, yaşil jamoa, yaşil Turkmaniston» (Green ground, Green team, Green Turkmenistan)