O‘zbekiston qamoqxonalarida «yil qo‘shib berish» amaliyoti bo‘lganmi?

O‘zbekistonda muqaddam jazoni ijro etish tizimida mahkumlarga, turli sabab va vajlar ko‘rsatilib, «yil qo‘shib berish» amaliyoti kuzatilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov «Taraqqiyot markazi»da Jinoyat-ijroiya tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligi, jazoni ijro etish tizimida islohotlarni davom ettirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida aytib o‘tdi. U «buni inkor etib bo‘lmasligi»ni ta'kidlab o‘tgan.
«Shavkat Mirziyoyev prezidentligining ilk kunlaridanoq, ushbu amaliyot alohida nazoratga olingan. Shuningdek, prokuratura organlari tomonidan ham qattiq nazorat qilinadi. Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash va ularni bekor qilish chog‘ida prokurorning shaxsan ishtirokini ta'minlash talab etiladi», - deya bosh boshqarma boshlig‘ining so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Jamshid Sultonovning aytishicha, ayni paytda mahkumlarning jazo muddatini sun'iy ravishda uzaytirish kuzatilmayapti. Biroq, Jinoyat kodeksining 221-moddasiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o‘tayotgan shaxsning jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmasligi yoxud ma'muriyatning o‘z faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yo‘sinda to‘sqinlik qilishi uch yilgacha, og‘irlashtiruvchi holatlarda esa besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashga sabab bo‘ladi.
Qamoqxonalar islohoti xalqaro tashkiloti (PRI) mutaxassisi Entoni Amaechi ham bu borada o‘z fikrlarini bildirgan.
«Men mamlakatimdagi bir tajribani sizlarga aytib o‘tmoqchiman. Buyuk Britaniyada hibcxona ma'muriyati boshqaruv tizimi va qonunda ko‘rsatilmagan holat asosida mahkumlarga «kun qo‘shib berishgan». Ayni paytda, mahkum jiddiy qoidabuzarlik qilsa, uning harakatiga mustaqil sud huquqiy baho beradi. Shuningdek, bizning tajribamizda, sodir etilishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar ro‘yxati va unga yarasha jazo qanday bo‘lishi aniq belgilab qo‘yilgan. Tartibdan chetga chiqib, o‘zboshimcha jazo tayinlanishi mumkin emas», - degan Entoni Amaechi.
O‘zbekiston qamoqxonalarida sud tomonidan belgilangan jazo muddatni allaqachon o‘tab, boshqa sabablar bilan jazo muddati uzaytirilayotgan mahkumlar mavjud.
Ma'lumot uchun, tergov izolyatorida ushlab turilgan shaxslar yo qamoqqa olinganlar qamoqda bo‘lgan payti muassasa ma'muriyati, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tillarda arizalar, taklif va shikoyatlar bilan murojaat etish va ularga yozma javoblar olish huquqiga ega.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi

16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi

08:25 / 01.08.2024
Amerikalik 34 yillik qamoqdan keyin oqlandi

11:31 / 02.04.2024