Kyodonewsʼning Hakamata advokatlariga tayanib yozişiça, mazkur summa şu paytgaça Yaponiyada jinoyat işi uçun tovon puli sifatida berilgan eng yirik miqdor hisoblanadi.
Tovon puli u jinoyatni sodir etganlikdagi ayblovdan oqlanganidan söng, joriy yil yanvaroyida talab qilingan edi. Ötgan yilning oktyabr oyida uning oqlanişi rasman tasdiqlandi va bu uning oilasi uçun önlab yillar davom etgan kuraşda qozonilgan ğalaba böldi. Hakamata Şizuoka prefekturasida 1966 yil sodir bölgan tört nafar inson ölimi bilan boğliq iş böyiça ölim jazosiga hukm qilingan edi.
Qariyb 48 yil qamoqda ölimga hukm qilinganlar kamerasida saqlanganligi tufayli Hakamataning ruhiy holati oğirlaşgan va u bilan muloqot qiliş qiyinlaşgan. Şu sababli uning himoyaçisi sifatida faoliyat yurituvçi advokat tovon puli sörab murojaat qilgan.
Yaponiyaning Jinoiy tovonlar töğrisidagi qonuniga köra, oqlangan şaxs qamoqda bölgan har kuni uçun 12 500 iyengaça tovon oliş huquqiga ega. Sud tovon miqdorini qamoqda ötkazilgan vaqt va bu fursat içida ozodlikda qölga kiritilişi mumkin bölgan ehtimolli daromadlar kabi omillar asosida belgilaydi.
Advokatlar maksimal miqdorda tovon tölaşni talab qildilar. Ular ta’kidlaşiça, «uning ruhiy va jismoniy azoblari, şuningdek ölim jazosi xavfi ostida yaşaşi unga beqiyos oğriq va ziyon keltirgan».
«U 30 yoşida qamalgan va bu inson hayotidagi eng samarali davr hisoblanadi. Şunday ekan, uning yöqotgan daromalari ham katta», — deyiladi advokatlar bayonotida.
Hakamata 1966 yilda mis işlab çiqaruvçi zavodning boşqaruv direktori, uning rafiqasi va ikki farzandini öldirganlik ayblovi bilan hibsga olingan. 1968 yil sentabr oyida Şizuoka okrug sudi tomonidan ölim jazosiga hukm qilingan. 1980 yil dekabrda Yaponiya Oliy sudi bu hukmni tasdiqlagan.
Sobiq professional boksçi bölgan Hakamata 47 yil va yetti oy qamoqda ötirgan. U 2014 yil mart oyida ozod etilgan. Bu vaqtga kelib, iş böyiça yangi dalillar paydo bölib, uning aybdorligiga şubha tuğilgan va qayta sud jarayoni boşlangan.
2023 yil sentabr oyida Şizuoka sudi Hakamata oqlagan. Sud tergovçilar dalillarni soxtalaştirganini tan olgan. Prokurorlar bu qaror ustidan şikoyat qilişdan boş tortişgan.
Ivao Hakamata Ginnes rekordlar kitobida dunyodagi eng uzoq muddat ölim jazosiga hukm qilinib, qamoqda saqlangan inson sifatida qayd etilgan.








